Thursday, 2024-04-18, 11:01 PM
 
Bosh sahifa Ro`yxatdan o`tish Kirish
Xush kelibsiz, Guest · RSS
Menyu
Blog sections
Fan [1]
Ilmiy ateizm
Islom [3]
Islom dini ateistik nuqtai nazardan qaralganda
Hajv [4]
Yumor va satira
Din [0]
Xudo [2]
So`rov
O'zingizni qaysi dinga mansub, deb bilasiz?
Total of answers: 298
 Blog
Dinchilar Albert Einstein go'yoki xudojo'y bo'lgani haqida hikoyalar tarqatishadi. Bu sahifada fizikning faylasuf Erik Gutkind'ga din va xudo haqida yozgan xati keltirilgan:

Princeton, 3. 1. 1954

Hurmatli Mr Gutkind,

Brouwer'ning takroriy taklifiga binoan, kitobingizni o'qib chiqdim, uni menga berib turganingiz uchun tashakkur. Meni lol qoldirgan narsa shu bo'ldi: hayot va jamiyatga faktik munosabatimizda ko'p umumiylik bor. Sizning shaxsiy idealingiz ego atrofidagi xohishlardan qutulib, ozodlikka intilish, hayotni go'zal va himmatli qilish, bunda faqat odamiy unsurga tayanishdir. Bu bizni "noamerikaviy munosabatimiz" bilan birlashtirib turadi.

Biroq Brouwer'ning taklifisiz kitobingiz bilan o'zim tanishib chiqmas edi, chunki u menga tushunarsiz tilda yozilgan. "Xudo" so'zi men uchun insoniy ojizlik ifodasi va mahsulotidan boshqa narsa emas, Injil esa sharafli, lekin juda sodda, bolalarga xos afsonalar to'plamidir. Hech qanday, xoh nafis bo'lsi ... Read more »
Category: Xudo | Views: 1576 | Added by: ateizm | Date: 2013-11-07 | Comments (0)

Hindistonlik bir sobiq musulmon ayol hikoyasi:

"Men musulmon oilada tug'ildim. Onam butun umr dinga kuchli berilgan, otam esa nisbatan liberalroq, biroq onam ta'sirida u ham taqvodor bo'lib ketgan edi.

Hamma musulmon oilada bo'lganidek, qulog'imga azon aytildi. Dinim islom qilib belgilandi, islomni o'lgunimcha haqiqat deb ishonishimga qaror qilindi. So'nggi nafasimgacha Allohga sig'inishim kerak, deb belgilandi.

Ulg'ayar ekanman, Quronni Allohning tili bo'lmish arabchada o'qishni, namoz, ro'za va Allohning payg'ambari Muhammad buyurgan ishlarni qilishni o'rgana boshladim. Har gal yangi surani ovoz chiqarib o'qiganimda, yaxshi musulmon qiz bo'lib o'sayotganim uchun maqtov aytishganida onamning yuzidagi xursandchilikni ko'rib quvonar edim. 12 yoshga kirganimda ota-onamga hijob o'rashni istashimni aytdim. Ular va qarindoshlar mendan juda faxrlanar edilar. Ishlarim Allohga ma'qul ekanini aytishganida o'zimni juda baxtli his qilgandim. Maqsadim do'za ... Read more »
Category: Islom | Views: 2151 | Added by: ateizm | Date: 2013-10-25

Xudo ateistmi?
Faraz qilaylik-ki, asosiy dinlarimizda tasvirlangan, e'tiqod markazi bo'lmish xudo haqiqatan ham bor. Xo'sh, uning e'tiqodi qanday? U nimaga ishonadi? Kimga topinadi?
Bu savollarga musulmonlarimiz "La ilaha ilalloh", ya'ni "Allohdan boshqa iloh yo'q", degan monoteistik mantra bilan javob qilishadi. Turgan gapki, ularning Allohi, Al-Ilohi, xudosi o'zidan boshqa xudolar yo'qligidan boxabardir. Demak, u hech kimga topinmaydi, hech kimga sig'inmaydi.
Xo'sh, xudo e'tiqod, diniy ishonch kabi tuyg'ularga egami?
Bu savolga "Xudo hamma narsani bilguvchidir" ta'kidi javob bo'lishi mumkin. Ishonch, bilishdan farqli o'laroq, biron fakt yoki mantiqiy isbotga asoslanmay, biron iddaoni rost, deb qabul qilishdir. Bilish esa, shu iddaoni uning faktual yoki mantiqiy isbotlaridan kelib chiiqb, qabul etishdir. Bilish boshlangan nuqtada ishonch yo'qoladi.
Masalan, bir odam muzlatgich ichida bir shisha mineral suv borligiga ishonadi. Aynan ishonadi ... Read more »
Category: Xudo | Views: 1693 | Added by: ateizm | Date: 2008-04-19 | Comments (0)

Mana, o'sha mahshar kuni ham kelib, so'rov boshlandi...

Alloh: Ey qulim, menga ishonmas eding, mana endi qarshingda turibman.

Ateist: Sen Allohmisan?

Alloh: Ha, men Allohman.

Ateist: Qayerdan bilay sening Alloh ekanligingni, balki boshqasidirsan.

Alloh: Qara, mana senga boldirimni ko'rsatayapman, endi ishondingmi?

Ateist: U boldirning Allohning boldiri ekanligini qayerda bilaman? Buni bilishim uchun Allohning boldirini avvalroq ham ko'rishim kerak edi, lekin bu boldir ham sening Alloh ekanligingni isbotlamaydi.

Alloh: Qanaqa odamsan o'zi, e hozir do'zaxga otayki, ko'rasan, Allohmanmi yo yo'q.

Ateist: Nega ishontirish uchun boldiringni ko'rsatyapsan?

Alloh: Xo'sh, nima qil deysan?

Ateist: Bo'l, desang bas.

Alloh: Ha, buni qara-ya, esimga kelmabdi!

Ateist: Sendan zerikdim, nuqul ayni narsalarni qilasan. Hamma narsani o'zing qilganingni ayta turib, bizni do'zaxga tashlaysan. Hamma narsani sen qilsang, h ... Read more »

Category: Hajv | Views: 2874 | Added by: ateizm | Date: 2007-07-15 | Comments (0)

Qur'on tafsirlarini yozish, undagi oyatlarga izohlar berish oson ish emas ekan. Ayniqsa bu eski kitobni zamonamiz zayliga moslab yozish undan-da qiyin. Yolg'iz til bilgan kamlik qiladi. Kallani, xayol kuchini ishlatishni o'rganib olish kerak.
Masalan, Qur'onda shunday oyat bo'lsin deylik:

xxxx surasi xx-oyat
"Bularni belingizga bog'lang va darhol u Allohni tan olmaydigan odamlarning tuproqlariga keting, portlating, havoga uchiring u kofirlarni, ki ko'rsinlar mo'minlarning kuchini. Shubhasiz oyatlarimizni anglaganlar uchun ko'p ne'matlar bordir."

Tafsiri:
Bu oyat siz anglaganingiz ma'noda bo'lmay, xosiyatli, hatto kelajakdan xabar beruvchi mo'jizaviy oyatdir. Bilasizki, uchoqlar ichki yonuv motorlar bilan uchishadi. Bu motorlarda yonilg'i yonadi, ya'ni portlaydi. "U kofirlarning tuproqlariga keting" derkan, bu yerda juda uzoqlarda (boshqa qit'alarda) yashaydigan odamlarning tuproqlariga - mamlakatlariga sayohat qiling, demakdir. "dar ... Read more »
Category: Hajv | Views: 6853 | Added by: ateizm | Date: 2007-07-11 | Comments (0)

Taqdir va Erkinlik
· Taqdirimiz avvaldan yozilib qo'yilgan bo'lsa, nega qilmishlarimizga mas'uliyat bizga yuklanmoqda?
· Agar hur irodamiz bor bo'lsa, nega ba'zi narsalarni tanlaganimizda do'zaxga yuborilamiz?
· Biz tanlovlarimizda erkinmiz, taqdir faqat xudoning bizning tanlovlarimizni avvaldan bilib yozib qo'yganidir, deb bu savollardan qutulishga urinmang. Inson qarorlarni mavjud sharoit va faktorlarga ko'ra qabul qiladi. Bu sharoit va faktorlar esa xudoning nazorati ostidadir, xudo agar hamma narsani idora etsa, inson erkin bo'la olmaydi. Vaziyat bunday bo'lmasa va xudo insonni haqiqatdan erkin qila oladigan (va qilgan) bo'lsa, ya'ni insonning qarorlari xudoning nazorati ostida bo'lmasa, u holda xudoning erkinligi cheklangan bo'lib qoladi. Inson erkinligi va irodasi xudoning mutloq irodasi bilan mos tushmaydi. Inson haqiqatdan ham tanlovlarida erkin bo'lsa va xudoning bunda hech bir roli bo'lmasa, funkciyasi faqat bularni avvalboshdan bilishdan iborat bo'lsa, bu xud ... Read more »
Category: Islom | Views: 27262 | Added by: ateizm | Date: 2007-06-24

Ertalab eshigim qo`ng`irog`i chalindi. Ochganimda qarshimda yaxshi kiyingan, yoqimli yosh erkak va ayolni ko`rdim. Erkak birinchi bo`lib gapirdi:
“Salom, ismim John va bu esa Mary”.

Mary: Salom, sizni biz bilan birga Hank’ning ketini o`pishga da`vat qilyapmiz.
Men: Pardon?! Nima demoqchisiz? Hank kim? Va men nega uning ketini o`pishni istashim kerak?
John: Agar Hank’ning ketini o`psang, senga bir million dollar beradi; agar o`pmasang, seni it holiga solib, do`pposlaydi.
Men: Nima? Bu yangi mafiya taktikasimi? Nima bo`layapti?
John: Hank bir milliarder. Bu shaharchani u qurdirgan. U bu yerning egasi. Istagan ishini qila oladi va senga bir million dollar bermoqchi. Lekin ketini o`pmasdan bu pullarni ololmaysan.
Men: Bu axmoqlik. Nega?
Mary: Sen kim bo`psanki Hank’ning hadyasini so`rab-surishtiryapsan? bir million dollar istamaysamni? Bir ket o`pishga arzimaydimi?
Men: Balki, agar bersa, lekin ..
... Read more »

Category: Hajv | Views: 3667 | Added by: ateizm | Date: 2007-06-24 | Comments (0)

Qur`on o`simlik va hayvon turlarining hozir qanday bo`lsa, shunday yaratilganligini, fan esa sodda hujayralardan evolyuciyalashganini va hozirgi turlarning bosqa turlardan paydo bo`lganini ta`kidlaydi.
Qur`onga ko`ra ilk odam Odam Ato, bugunki odamdan farq qilmaydi. Nutqi, aqli, fikrlash qobiliyati va hk xususiyatlari bizlarniki bilan ayni.
Fan esa odamlarning aqli, nutqi, xotirasi va hk xususiyatlarining vaqt o`tishi bilan o`zgarib borganligini, ilk odamlarda miya hajmining kichkina, miya sirtidagi neyronlarning kam bo`lganligini, nutqining bo`lmaganligini, rangli ko`rmaganliklarini, tashqi ko`rinishlari ham biznikidan ancha farq qilganini ta`kidlaydi.
Qur`onga ko`ra ilk odamlar uzoq yashaganlar. Odam 930 yil, Nuh 950 yil, va hk.
Fanga ko`ra esa, aksincha, ilk odamlarning umri hozirdagidan qisqa bo`lgan. Hatto Qadimgi Rimda o`rtacha umrguzaronlik 40 yil atrofida bo`lgan.
Qur`onga ko`ra Odamning o`g`illaridan Hobil dehqon, Qobil cho`pondir. Ya`ni ilk ... Read more »
Category: Islom | Views: 1968 | Added by: ateizm | Date: 2007-06-23 | Comments (0)

Dindor, maktabda evolyuciya nazariyasini o`rgangan bolalarga, odamning maymundan paydo bo`lganligini uqtiruvchi bundayin nazariyalarga ishonmasliklari kerakligini aytadi. Va bu xususda Dindor va bolalar orasida shunday suhbat kechadi:

Bolalar: “Xo`sh, biz evolyuciya tufayli paydo bo`lmagan bo`lsak, unda qanday qilib paydo bo`lganmiz?”
Dindor: “Sizni Alloh yaratdi.”
Bolalar: “Qanday qilib?”
Dindor: “Bir bor ekan, bir yo`q ekan, bir Alloh bo`lgan ekan, u ilk sabab ekan, zamon va makondan munazzah ekan, hatto sabab va natijadan ham, lekin bir kuni turib-turib ko`klarni va yerni yaratibdi. 6 kun beto`xtov yaratibdi. Avval yerni yaratdi, so`ngra ko`klarni.”
Bolalar: “O`qituvchimiz bunday bo`lmagan deydi.”
Dindor: “Ee, u kofir. Xullas, yerni uzatib yoydi. Yorilmasin, tebranmasin deb tog`larni tiqib chiqdi.”
Bir bola: “Qanday qilib, ya`ni Yer tekismi?”
Boshq ... Read more »

Category: Hajv | Views: 1841 | Added by: ateizm | Date: 2007-06-23 | Comments (0)

Fan va din o`zaro bog`lana olmaydi. Dindorlar nima desa desin, xoh payg`ambarning “Ilm Chinda bo`lsa ham o`rganing” so`zini o`rnak qilib keltirsinlar, xoh Islom (yoki boshqa biror) dinining fan bilan chalkash emasligini ta`kidlasinlar, baribir o`zaro bog`lana olmaydigan ikki tushuncha bo`lmish fan va dinni uzviylashtirmoq mumkin emasdir.
Buning sababini anglamoq dindorlarning ko`piga qiyin keladi. Bizlarni “dinga va xudoga qarshi ichida dushmanlik saqlaydi, shuning uchun bunday gaplar bilan dinimizga rahna solmoqchi”, deb o`ylashadi.
Shuning uchun, bu tushunchamizning sababini bu yerda misollar bilan ayon qilmoqchimiz.
Din va fanning birinchi e`tiborga loyiq farqi "yanglishlana olish" (ruschada фальсифицируемость) xususiyatidir. Fanda yanglishlana olmaydigan tushunchaning ilmiy qiymati yo`q.
Yanglishlana olish nima ekanligini qi ... Read more »
Category: Fan | Views: 4600 | Added by: ateizm | Date: 2007-06-23 | Comments (0)

Calendar
«  April 2024  »
SuMoTuWeThFrSa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
Login form
Qidiruv
Do`stlarimiz
Statistika