|
Blog sections |
|
|
Fan
[1]
Ilmiy ateizm
|
Islom
[3]
Islom dini ateistik nuqtai nazardan qaralganda
|
Hajv
[4]
Yumor va satira
|
Din
[0]
|
Xudo
[2]
|
|
|
|
|
Blog |
|
Main » 2007 » June » 23
Qur`on o`simlik va hayvon turlarining hozir qanday bo`lsa, shunday yaratilganligini, fan esa sodda hujayralardan evolyuciyalashganini va hozirgi turlarning bosqa turlardan paydo bo`lganini ta`kidlaydi. Qur`onga ko`ra ilk odam Odam Ato, bugunki odamdan farq qilmaydi. Nutqi, aqli, fikrlash qobiliyati va hk xususiyatlari bizlarniki bilan ayni. Fan esa odamlarning aqli, nutqi, xotirasi va hk xususiyatlarining vaqt o`tishi bilan o`zgarib borganligini, ilk odamlarda miya hajmining kichkina, miya sirtidagi neyronlarning kam bo`lganligini, nutqining bo`lmaganligini, rangli ko`rmaganliklarini, tashqi ko`rinishlari ham biznikidan ancha farq qilganini ta`kidlaydi. Qur`onga ko`ra ilk odamlar uzoq yashaganlar. Odam 930 yil, Nuh 950 yil, va hk. Fanga ko`ra esa, aksincha, ilk odamlarning umri hozirdagidan qisqa bo`lgan. Hatto Qadimgi Rimda o`rtacha umrguzaronlik 40 yil atrofida bo`lgan. Qur`onga ko`ra Odamning o`g`illaridan Hobil dehqon, Qobil cho`pondir. Ya`ni ilk
...
Read more »
Category: Islom |
Views: 1968 |
Added by: ateizm |
Date: 2007-06-23
|
|
Dindor, maktabda evolyuciya nazariyasini o`rgangan bolalarga, odamning maymundan paydo bo`lganligini uqtiruvchi bundayin nazariyalarga ishonmasliklari kerakligini aytadi. Va bu xususda Dindor va bolalar orasida shunday suhbat kechadi: Bolalar: “Xo`sh, biz evolyuciya tufayli paydo bo`lmagan bo`lsak, unda qanday qilib paydo bo`lganmiz?” Dindor: “Sizni Alloh yaratdi.” Bolalar: “Qanday qilib?” Dindor: “Bir bor ekan, bir yo`q ekan, bir Alloh bo`lgan ekan, u ilk sabab ekan, zamon va makondan munazzah ekan, hatto sabab va natijadan ham, lekin bir kuni turib-turib ko`klarni va yerni yaratibdi. 6 kun beto`xtov yaratibdi. Avval yerni yaratdi, so`ngra ko`klarni.” Bolalar: “O`qituvchimiz bunday bo`lmagan deydi.” Dindor: “Ee, u kofir. Xullas, yerni uzatib yoydi. Yorilmasin, tebranmasin deb tog`larni tiqib chiqdi.” Bir bola: “Qanday qilib, ya`ni Yer tekismi?” Boshq
...
Read more »
Category: Hajv |
Views: 1842 |
Added by: ateizm |
Date: 2007-06-23
|
|
Fan va din o`zaro bog`lana olmaydi. Dindorlar nima desa desin, xoh payg`ambarning “Ilm Chinda bo`lsa ham o`rganing” so`zini o`rnak qilib keltirsinlar, xoh Islom (yoki boshqa biror) dinining fan bilan chalkash emasligini ta`kidlasinlar, baribir o`zaro bog`lana olmaydigan ikki tushuncha bo`lmish fan va dinni uzviylashtirmoq mumkin emasdir. Buning sababini anglamoq dindorlarning ko`piga qiyin keladi. Bizlarni “dinga va xudoga qarshi ichida dushmanlik saqlaydi, shuning uchun bunday gaplar bilan dinimizga rahna solmoqchi”, deb o`ylashadi. Shuning uchun, bu tushunchamizning sababini bu yerda misollar bilan ayon qilmoqchimiz. Din va fanning birinchi e`tiborga loyiq farqi "yanglishlana olish" (ruschada фальсифицируемость) xususiyatidir. Fanda yanglishlana olmaydigan tushunchaning ilmiy qiymati yo`q. Yanglishlana olish nima ekanligini qi
...
Read more »
Category: Fan |
Views: 4605 |
Added by: ateizm |
Date: 2007-06-23
|
|
|
|
|
|