Saturday, 2024-04-20, 0:10 AM
 
Bosh sahifa Ro`yxatdan o`tish Kirish
Xush kelibsiz, Guest
Menyu
So`rov
O'zingizni qaysi dinga mansub, deb bilasiz?
Total of answers: 298
 FAQ
Main ยป FAQ [ New question ]


Ateizm xudo(lar)ning mavjudligiga ishonchning yo'qligidr. Ateist teizmni rad etadi.
Ateizm xudoning "yo'qligiga ishonish" emas, balki uning "borligiga ishonmaslik"dir. Ya'ni, ateizm "ishonch" emas, va shu bilan dindan farq qiladi. Ateizm falsafa, dunyoqarash va hokazo emas, u faqatgina xudo(lar)ning borligiga ishonmaslikdir, xolos.

George H. Smith'ning sinflantirishiga ko'ra ateizmning "negativ ateizm" (yoki "zaif ateizm") va "pozitiv ateizm" (yoki "kuchli ateizm") deb ataluvchi ikki turi bor. Negativ ateizm, xudoning mavjud bo'la olishini mumkin deb bilgani holda, uning borligiga doir hech qanday dalil bo'lmaganligi uchun xudoni rad etadi.

Pozitiv ateizm esa, xudo mavjud bo'la olmaydi, deb hisoblaydi (buni tayinli bir "xudo" tushunchasi yo'qligi, uning sifatlari o'zaro chalkash yoki umuman absurd ekanligi va hokazo argumentlarga ko'ra izohlaydi).

Ya'ni, negativ ateizmda iddao yo'qdir, faqatgina rad bor. Pozitiv ateizmda esa ham rad, ham iddao bordir. Sodda qilib aytganda, negativ ateist xudoni "bor bo'la oladi, lekin uning borligi isbotlanmaganligi uchun uni rad etaman", desa, pozitiv ateist "xudoning bor bo'lishi mumkin emas", deydi.

Ikkovi ham xudoning mavjudligini rad etuvchi nuqtada birlashgani uchun ateizm, deb tavsiflanadi. Sabablaridan qat'iy nazar, bu ikki ateizm turi xudoning mavjud ekanligiga ishonch bildirmaydi.

Ateizmga yaqin bo'lgan ishonchsizlik shakllaridan yana agnosticizm, deizm, pandeizm, panteizm va hk. tushunchalar bordir. Quyida ulardan ba'zilariga ta'rif beramiz:

Agnostitsizm:
Xudoning na borligiga, na yo'qligiga ishonish uchun yetarlicha dalil yo'q ekanligi yuzasidan bu masaada bior qarorga kelish mumkin emasligini urg'ulaydi. Ba'zilarning fikriga ko'ra, agnostitsizm "teist agnostitsizm" va "ateist agnostitsizm" kabi turlarga bo'linadi. Teist agnostiklar xudoning yo'ligiga dalil mavjud emasligi ortidan unga ishonishni afzal bilishsa, ateist agnostiklar xudoning borligiga dalil mavjud emasligi uchun, unga ishonmaslikni tanlashadi. Bu xususda ateist agnostitsizm "zaif" ateizm holiga o'tib qoladi.

Deizm:
Olamning bir yaratuvchisi borligini ta'kidlaydi, ammo dinlarning ilohiy ekanligini qabul etmaydi. Deistik nuqtai nazarga ko'ra, xudo olamni yaratib qo'yib, unga boshqa aralashmagan; dinlarni esa odamlar yaratishgan.

Panteizm:
Xudoni olamning o'zi ekanligini ta'kidlaydi. Panteistik nuqtai nazarga ko'ra, har bir narsa xudoning bir qismidir. Bu tushuncha xudoning g'ayritabiiy metafizik mavjudot ekanligini rad etib, tabiat qismiga aylantiradi va ko'p dinlardagi "shaxs-xudo" tushunchasini inkor qiladi.

Ignostitsim:
Xudo bor-yo'qligi haqida fikrlashdan oldin uning o'zi kim yoki nimaligini aniqlash lozim, degan nuqtai nazar.

Apateizm:
Xudo bor yoki yo'qligi bilan qiziqmaslik. Ayrimlar apateizmni "agar xudo bor bo'lsa ham, uning biz bilan ishi yo'q, demak biz ham u bilan qiziqmasligimiz, vaqtimizni foydali ishlarga sarflashimiz kerak," degan nuqtai nazar deb ta'riflashadi.


Ateizm olamni o'rganish iddaosida bo'lgan dunyoqarash yoki falsafiy oqim emas. Ateistlar falsafiy savollarda bir-birlaridan farqli nuqtai nazarlarga ega bo'lishlari mumkin. Masalan, buddist, marksist, fan professori va raelist olamning tuzilishi va genezisi haqida turlicha fikrlarga ega bo'lganliklari bilan ularning barchasi ateist bo'lishi mumkin. Ateizmning olam manzarasi, falsafasi va hokazo bilan bog'liq boshqa tizimlari yo'qdir. Ateizm faqat xudoning mavjudligi xususidagi nuqtai nazardir, xolos.
Lekin aytib o'tish joizki, aksar ateistlar ilmiy yoki materialistik dunyoqarashga sohib kishilardir va olam haqidagi bilimlarni fandan olishadi.

Ateistik nuqtai nazarga ega bo'lish uchun tayinli sabablar bo'ladi. Xudo tushunchasi bilan uchrashmagan shaxs o'z-o'zidan ateistdir, zero u xudo haqida hech nima bilmaydi va u uning mavjudligiga ishonchga ega bo'lmaydi. Lekin o'zini ateist, deb ataydigan ko'pchilik shaxslar odatda bu mavzuda ko'p bilim olgan va bosh qotirgan bo'lishadi.
Hayotdan bezor bo'lib, xudoga nafrat ortidan "ateist bo'ldim", deydiganlar ham bor. Lekin ular ateist emas, zero bunday shaxslar xudoning mavjudligiga ishonishadi va undan nafratlanishadi, bu esa ateistik nuqtai nazarga ziddir.

Yaxshi-yomonni ajratish uchun xudoga ishonch kerak ekanligi haqidagi fikr ateistlarga ko'ra noto'g'ri da'vodir. "Yaxshi" va "yomon" tushunchalarini xudo g'oyasiga suyanmay talqin etuvchi har qanday axloqiy falsafa "ateistik" deyilishi mumkin.
Ba'zi ateistlarga ko'ra, teizm ateizmga nisbatan ko'proq axloqsizlikka sabab bo'lgandir.

Bu xusuda tayinli bir statistika yo'qdir. Bu avvalo, "ateist" tushunchasining har xil anglashilishiga bog'liqdir, qolaversa, xudoga ishonnmaydigan har qanday shaxs ham o'zini "ateist", deb atamaydi (yoki u bu so'zni bilmaydi, yoki jamiyat tazyiqiga uchrashdan qo'rqadi). Bu borada "dinsiz" atamasini ishlatish qulayroq.
Ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, dinsizlar dunyo ahlining 12-15 foizini tashkil etadi (manba).

Login form
Qidiruv
Do`stlarimiz
Statistika