Tuesday, 2024-04-23, 10:45 PM
 
Bosh sahifa Ro`yxatdan o`tish Kirish
Xush kelibsiz, Guest · RSS
Menyu
Blog sections
Fan [1]
Ilmiy ateizm
Islom [3]
Islom dini ateistik nuqtai nazardan qaralganda
Hajv [4]
Yumor va satira
Din [0]
Xudo [2]
So`rov
O'zingizni qaysi dinga mansub, deb bilasiz?
Total of answers: 298
 Blog
Main » 2007 » June » 23 » Aldagani bola yaxshi
Aldagani bola yaxshi
9:37 AM
Dindor, maktabda evolyuciya nazariyasini o`rgangan bolalarga, odamning maymundan paydo bo`lganligini uqtiruvchi bundayin nazariyalarga ishonmasliklari kerakligini aytadi. Va bu xususda Dindor va bolalar orasida shunday suhbat kechadi:

Bolalar: “Xo`sh, biz evolyuciya tufayli paydo bo`lmagan bo`lsak, unda qanday qilib paydo bo`lganmiz?”
Dindor: “Sizni Alloh yaratdi.”
Bolalar: “Qanday qilib?”
Dindor: “Bir bor ekan, bir yo`q ekan, bir Alloh bo`lgan ekan, u ilk sabab ekan, zamon va makondan munazzah ekan, hatto sabab va natijadan ham, lekin bir kuni turib-turib ko`klarni va yerni yaratibdi. 6 kun beto`xtov yaratibdi. Avval yerni yaratdi, so`ngra ko`klarni.”
Bolalar: “O`qituvchimiz bunday bo`lmagan deydi.”
Dindor: “Ee, u kofir. Xullas, yerni uzatib yoydi. Yorilmasin, tebranmasin deb tog`larni tiqib chiqdi.”
Bir bola: “Qanday qilib, ya`ni Yer tekismi?”
Boshqa bola: “Tog`larni tebranmasin deb tiqqan bo`lsa, nega unda zilzilalar bo`ladi?”
Dindor: “Xo`sh, xullas kalom... Ko`klarni yerning ustiga tushmasin, deb tutmoqda, yaqin ko`kdagi yulduzlarni qorong`ulikda yo`l topish qulay bo`lsin, deb yaratdi.“
Bolalar: “Qanday, ya`ni shuncha yulduz faqat qorong`uda yo`l topishimiz uchunmi?”
Dindor: “Allohning hikmati bu. Ham bu ko`klar 7 qat bo`lib, bularning nuri Quyoshdir. Bu ko`klar shunday ajoyibki, qushlar uchar, bulut suzar, yomg`ir yog`ar, hatto temir ham yog`ar. Ham bu ko`klarda tong va oqshom va soya bordir.”
Bir bola: “Kola ham yog`adimi?”
Boshqasi: “Bema`nilik emasmi, ko`kda tong-oqshom bo`lishi?”
Dindor: “Xo`sh, qayerga keldik... Alloh ko`klarni yaratgandan so`ng Arshga chiqdi, Arshi suv ustida edi, Arshini tashiydigan farishtalari bor edi va bularning ikki, uch, to`rt qanotlari bordir. Qiyomat kuni ko`klar yiqilar ekan Arsh ch`okmasin deb 8 farishtaga ko`tartirib qo`yadi.”
Bolalar: “Ya`ni Allohning farishtalar tashiydigan uyi bormi? Ko`klari turibdi ekan, Arshi yiqiladimi, faristalarga yuklayapti?”
Dindor: “Ehhm... tabiiyki biz uni tushunmaymiz. Alloh hamma narsaga qodir, hamma narsaga kuchi yetadi.”
Bir bola: “Hamma narsaga kuchi yetsa, nega o`zini faristalarga tashittiryapti?”
Dindor: “Alloh qati shu qadar uzoqdir ki, Jabroil 50 000 yilda boradi. Alloh qatida bir kun kechsa, Yerda ming yil kechgay. Ammo Alloh sizga yaqindir.”
Bolalar: “Jabroil kim?”
Dindor: “Jabroil - farishta. Allohning gaplarini payg`ambarga yetkazadi. Masalan, 6 yoshli Oysha aqida xabar berib, uylantirib qo`ygan.”
Bolalar: “Qanday, yozibmi?”
Dindor: “Yo`q, aqliga tiqib.”
Bolalar: “Yaxshi, lekin payg`ambarning to`g`ri aytayotganini qayerdan bilsa bo`ladi?”
Dindor: “Qur`on shunday deydi.”
Bolalar: “Qur`onning to`g`riligini qayerdan bilamiz? Payg`ambar gapidanmi?”
Dindor: “Ishqilib... Gapni aylantirmalaring. Aytibdi Alloh bir kuni farishtalariga, men yer yuzida bir odam yarataman, deb, keyin, ikki qo`li bilan loydan bir odam yasabdi va unga ruhidan puflabdi.”
Bolalar: “Allohning qo`llari bormi? Loyni qayerdan topibdi?”
Dindor: “Alloh hamma narsaga qodir. Keyin bu loy butga ruhidan pufladi va Odam jonlandi. Butun farishtalar unga sajda qildi, Ibli qilmadi, va Alloh Iblisga odamlarni yo`ldan ozdirish uchun imkon berdi. Keyin Odamga bir juft yaratdi va ular ko`paydilar.”
Bolalar: “Qanday qilib? Odamning o`g`il-qizlari bir-birlari bilan yotibmi?”
Dindor: “Uni Alloh biladi, boshqa so`ramalaring, kulmalaring, gunoh! Yelkalaringizdagi farishtalar hamma ishlaringizni yozib turishibdi.”
Bolalar: “Nega, Alloh unutib qo`yadi, debmi?”
Dindor: “Gapni aylantirma. Allohning zotiy va subutiy sifatlari bordir.”
Bolalar: “Qanday sifatlar?”
Dindor: “Siz tushunmaysiz. Sir. Men 10 yil boshimni devorlarga urdim, hamon tushunmadim.”
Bolalar: “Mayli, agar biz bularga ishonmasak nima bo`ladi?”
Dindor: “Do`zaxga kirasiz, yonasiz!. Ishonsangiz jannatga kirib,
abadiy orom olib, ko`ksi yangi chiqqan bokira qizlar bilan yotasiz.”
Bolalar: “Ayollarga-chi, ularga nima bor?”
Dindor: “Ularga ham tabiiyki kuchga to`lgan yigitlar bor.”
Bolalar: “Demak, bu dunyoda bekorga choyshab o`rab yurishar ekan-da.”
Dindor: “U Allohning amri. Yo`qsa jinlar kelib, chalib ketadi.”
Bolalar: “Jin?”
Dindor: “Ha, tutunsiz otashdan yaratilgan. Farishta - bu boshqa. Masalan, Alloh urushlarda musulmonlarga farishta yuborib yordam etadi.”
Bolalar: “Hozir nega yubormaydi? Nega nuqul Amerika yutadi?”
Dindor: “Bolam, farishtalarning tushib-chiqishi 50 000 yil oladi, demadikmi? Sabr etsang, biron joying kamayib qoladimi?”
Bolalar bir burchakka yig`ilishib, o`zaro gaplashishadi:
Biri: “Bu kishi bizning zaifligimizdan foydalanib qolmoqchi, olamning qanday paydo bo`lganligini bilmaydi deya, o`zi o`ylab topgan gaplarini bizga uqtirmoqchi.”
Boshqasi: “Men ham shunday deb o`ylayman. Aytaylik bir Alloh bo`lsin ham, lekin uning bu kishi aytganidek ekanligini, elchi yoki kitob yuborganini qayerdan bilamiz? Balki bir necha Alloh bordir?”
“Evolyuciya mavzusi ilmiy va dalilli. Lekin Alloh mavzusi metafizik, isbotlab bo`lmaydi.”
“Menimcha bu kishi manyak. Psixiatrga yuborish kerak.”
“Ha qo`yaver, ko`cha bunaqalarga to`la. Tag`in qaysi birimiz uning ertaklariga ishondikki?”
“Og`aynilar, ketdik laboratoriyaga. Dars boshlanyapti!”

Category: Hajv | Views: 1843 | Added by: ateizm | Rating: 5.0/1 |
Total comments: 0
Name *:
Email *:
Code *:
Calendar
«  June 2007  »
SuMoTuWeThFrSa
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
Login form
Qidiruv
Do`stlarimiz
Statistika