Saturday, 2024-04-20, 7:26 AM
 
Bosh sahifa Ro`yxatdan o`tish Kirish
Xush kelibsiz, Guest · RSS
Menyu
Blog sections
Fan [1]
Ilmiy ateizm
Islom [3]
Islom dini ateistik nuqtai nazardan qaralganda
Hajv [4]
Yumor va satira
Din [0]
Xudo [2]
So`rov
O'zingizni qaysi dinga mansub, deb bilasiz?
Total of answers: 298
 Blog
Main » Islom
Hindistonlik bir sobiq musulmon ayol hikoyasi:

"Men musulmon oilada tug'ildim. Onam butun umr dinga kuchli berilgan, otam esa nisbatan liberalroq, biroq onam ta'sirida u ham taqvodor bo'lib ketgan edi.

Hamma musulmon oilada bo'lganidek, qulog'imga azon aytildi. Dinim islom qilib belgilandi, islomni o'lgunimcha haqiqat deb ishonishimga qaror qilindi. So'nggi nafasimgacha Allohga sig'inishim kerak, deb belgilandi.

Ulg'ayar ekanman, Quronni Allohning tili bo'lmish arabchada o'qishni, namoz, ro'za va Allohning payg'ambari Muhammad buyurgan ishlarni qilishni o'rgana boshladim. Har gal yangi surani ovoz chiqarib o'qiganimda, yaxshi musulmon qiz bo'lib o'sayotganim uchun maqtov aytishganida onamning yuzidagi xursandchilikni ko'rib quvonar edim. 12 yoshga kirganimda ota-onamga hijob o'rashni istashimni aytdim. Ular va qarindoshlar mendan juda faxrlanar edilar. Ishlarim Allohga ma'qul ekanini aytishganida o'zimni juda baxtli his qilgandim. Maqsadim do'za ... Read more »
Category: Islom | Views: 2151 | Added by: ateizm | Date: 2013-10-25

Taqdir va Erkinlik
· Taqdirimiz avvaldan yozilib qo'yilgan bo'lsa, nega qilmishlarimizga mas'uliyat bizga yuklanmoqda?
· Agar hur irodamiz bor bo'lsa, nega ba'zi narsalarni tanlaganimizda do'zaxga yuborilamiz?
· Biz tanlovlarimizda erkinmiz, taqdir faqat xudoning bizning tanlovlarimizni avvaldan bilib yozib qo'yganidir, deb bu savollardan qutulishga urinmang. Inson qarorlarni mavjud sharoit va faktorlarga ko'ra qabul qiladi. Bu sharoit va faktorlar esa xudoning nazorati ostidadir, xudo agar hamma narsani idora etsa, inson erkin bo'la olmaydi. Vaziyat bunday bo'lmasa va xudo insonni haqiqatdan erkin qila oladigan (va qilgan) bo'lsa, ya'ni insonning qarorlari xudoning nazorati ostida bo'lmasa, u holda xudoning erkinligi cheklangan bo'lib qoladi. Inson erkinligi va irodasi xudoning mutloq irodasi bilan mos tushmaydi. Inson haqiqatdan ham tanlovlarida erkin bo'lsa va xudoning bunda hech bir roli bo'lmasa, funkciyasi faqat bularni avvalboshdan bilishdan iborat bo'lsa, bu xud ... Read more »
Category: Islom | Views: 27269 | Added by: ateizm | Date: 2007-06-24

Qur`on o`simlik va hayvon turlarining hozir qanday bo`lsa, shunday yaratilganligini, fan esa sodda hujayralardan evolyuciyalashganini va hozirgi turlarning bosqa turlardan paydo bo`lganini ta`kidlaydi.
Qur`onga ko`ra ilk odam Odam Ato, bugunki odamdan farq qilmaydi. Nutqi, aqli, fikrlash qobiliyati va hk xususiyatlari bizlarniki bilan ayni.
Fan esa odamlarning aqli, nutqi, xotirasi va hk xususiyatlarining vaqt o`tishi bilan o`zgarib borganligini, ilk odamlarda miya hajmining kichkina, miya sirtidagi neyronlarning kam bo`lganligini, nutqining bo`lmaganligini, rangli ko`rmaganliklarini, tashqi ko`rinishlari ham biznikidan ancha farq qilganini ta`kidlaydi.
Qur`onga ko`ra ilk odamlar uzoq yashaganlar. Odam 930 yil, Nuh 950 yil, va hk.
Fanga ko`ra esa, aksincha, ilk odamlarning umri hozirdagidan qisqa bo`lgan. Hatto Qadimgi Rimda o`rtacha umrguzaronlik 40 yil atrofida bo`lgan.
Qur`onga ko`ra Odamning o`g`illaridan Hobil dehqon, Qobil cho`pondir. Ya`ni ilk ... Read more »
Category: Islom | Views: 1968 | Added by: ateizm | Date: 2007-06-23 | Comments (0)

Calendar
«  April 2024  »
SuMoTuWeThFrSa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
Login form
Qidiruv
Do`stlarimiz
Statistika