Thursday, 2024-04-18, 11:55 AM
 
Bosh sahifa Ro`yxatdan o`tish Kirish
Xush kelibsiz, Guest · RSS
Menyu
Blog sections
Fan [1]
Ilmiy ateizm
Islom [3]
Islom dini ateistik nuqtai nazardan qaralganda
Hajv [4]
Yumor va satira
Din [0]
Xudo [2]
So`rov
O'zingizni qaysi dinga mansub, deb bilasiz?
Total of answers: 298
 Blog
Main » 2007 » June » 23 » Fan va Qur`on
Fan va Qur`on
9:41 AM
Qur`on o`simlik va hayvon turlarining hozir qanday bo`lsa, shunday yaratilganligini, fan esa sodda hujayralardan evolyuciyalashganini va hozirgi turlarning bosqa turlardan paydo bo`lganini ta`kidlaydi.
Qur`onga ko`ra ilk odam Odam Ato, bugunki odamdan farq qilmaydi. Nutqi, aqli, fikrlash qobiliyati va hk xususiyatlari bizlarniki bilan ayni.
Fan esa odamlarning aqli, nutqi, xotirasi va hk xususiyatlarining vaqt o`tishi bilan o`zgarib borganligini, ilk odamlarda miya hajmining kichkina, miya sirtidagi neyronlarning kam bo`lganligini, nutqining bo`lmaganligini, rangli ko`rmaganliklarini, tashqi ko`rinishlari ham biznikidan ancha farq qilganini ta`kidlaydi.
Qur`onga ko`ra ilk odamlar uzoq yashaganlar. Odam 930 yil, Nuh 950 yil, va hk.
Fanga ko`ra esa, aksincha, ilk odamlarning umri hozirdagidan qisqa bo`lgan. Hatto Qadimgi Rimda o`rtacha umrguzaronlik 40 yil atrofida bo`lgan.
Qur`onga ko`ra Odamning o`g`illaridan Hobil dehqon, Qobil cho`pondir. Ya`ni ilk odam zamonida ziroat va yilqichilik bor. Bugunki tuproq tarkibi va o`tlar, daraxtlar va hk mavjuddir.
Fanga ko`ra ilk odamlar ovchi va terib-termachilardir. Ziroat va yilqichilikning tarixi atigi o`n ming yillar atrofidadir. Mavjud tuproq tarkibi bugungi holiga taxminan 100 ming yil avval kelgan.
Qur`onga ko`ra, Odamning o`g`illaridan Hobil Qobilni o`ldiradi va ko`madi. Ya`ni ingumaciya (o`lik ko`mish) ilk odamlardan beri bor.
Fanga ko`ra, odamlar o`lik ko`mish amaliyotini taxminan 50 ming yil avval boshlashgan. Millionlarcha yillardan beri o`liklar ko`milib, qabristonlar yaratib kelinganda edi, mozoriston bo`lmagan bir qarich yer bo`lmasdi.
Qur`onga ko`ra “Alloh qo`y, echki, tuya, ot, eshak, sigir yaratgandir”. Ya`ni bu hayvonlar paydo bo`lganlaridan beri hamon o`sha-o`shadirlar. Va ilk odamlar bilan ayni paytda yaratilishgan.
Fanga ko`ra bu hayvonlar boshqa turlardan evolyuciyalanishgan va odam tarafidan xonakilashtirilgan, selekciya tufayli bugungi ko`rinishga ega bo`lishgan. Ilk odamlar davrida bu tur hayvonlar bo`lmagan, balki yovvoyi ajdodlari bo`lgan, xonakilasgan turlari esa faqatgina taqriban 10 ming yildan beri bor.
Qur`onga ko`ra meva-sabzavotlar bugungi xususiyatlari (rang, maza, shakl, hajm va hk) bilan yaratilgan.
Fanga ko`ra esa bugungi meva-sabzavotlar, odamlar tarafidan tanlangani uchun, bugungi maza, id, rang, va hk ega bo`lisgan. Makkajo`xori 5 ming yil avval 2-3 sm bo`lgan bo`lsa, odamlar tomonidan ko`p yillardan beri eng kattalari tanlab ekilgani uchun bugungidek katta hajmlarga erishgan. Nok, olma va hk achchiq turlari ekilmagan, odamlarga yoqqan mazali turlari esa ekilib kelgan. Ya`ni kunimizdagi meva-sabzavotlar odamlar tomonidan tanlanib kelingan.
Category: Islom | Views: 1968 | Added by: ateizm | Rating: 0.0/0 |
Total comments: 0
Name *:
Email *:
Code *:
Calendar
«  June 2007  »
SuMoTuWeThFrSa
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
Login form
Qidiruv
Do`stlarimiz
Statistika