Friday, 2024-04-26, 5:59 PM
 
Bosh sahifa Ro`yxatdan o`tish Kirish
Xush kelibsiz, Guest · RSS
Menyu
Blog sections
Fan [1]
Ilmiy ateizm
Islom [3]
Islom dini ateistik nuqtai nazardan qaralganda
Hajv [4]
Yumor va satira
Din [0]
Xudo [2]
So`rov
O'zingizni qaysi dinga mansub, deb bilasiz?
Total of answers: 298
 Blog
Main » 2007 » June » 24 » Hank'ning keti
Hank'ning keti
8:14 AM
Ertalab eshigim qo`ng`irog`i chalindi. Ochganimda qarshimda yaxshi kiyingan, yoqimli yosh erkak va ayolni ko`rdim. Erkak birinchi bo`lib gapirdi:
“Salom, ismim John va bu esa Mary”.

Mary: Salom, sizni biz bilan birga Hank’ning ketini o`pishga da`vat qilyapmiz.
Men: Pardon?! Nima demoqchisiz? Hank kim? Va men nega uning ketini o`pishni istashim kerak?
John: Agar Hank’ning ketini o`psang, senga bir million dollar beradi; agar o`pmasang, seni it holiga solib, do`pposlaydi.
Men: Nima? Bu yangi mafiya taktikasimi? Nima bo`layapti?
John: Hank bir milliarder. Bu shaharchani u qurdirgan. U bu yerning egasi. Istagan ishini qila oladi va senga bir million dollar bermoqchi. Lekin ketini o`pmasdan bu pullarni ololmaysan.
Men: Bu axmoqlik. Nega?
Mary: Sen kim bo`psanki Hank’ning hadyasini so`rab-surishtiryapsan? bir million dollar istamaysamni? Bir ket o`pishga arzimaydimi?
Men: Balki, agar bersa, lekin ..
John: Unday bo`lsa, kel, biz bilan Hank’ning ketini o`p.
Men: Hank’ning ketini tez-tez o`pib turasizmi?
Mary: Albatta, surunkali ravishda…
Men: Xo`sh, bir million dollarni oldingizmi?
John: Yo`q, shaharni tark etmay pul ololmaysan.
Men: Unday bo`lsa nega darrov shahardana chiqib ketmaysiz?
Mary: Hank aytmasdan shaharni tark etolmaysan. Yo`qsa pul ololmaysan, va seni do`pposlaydi.
Men: Xo`sh, Hank’ning ketini o`pib, keyin shaharni tark etib, million dollar olgan birortasini bilasizmi?
Mary: Onam Hank’ning ketini yillar davomida o`pdi. O`tgan yili shahardan chiqib ketdi. Aminmanki, pulini ham olgan.
Men: U bilan hech gaplashib ko`rdingmi?
John: Albatta yo`q. Hank bunga izn bermaydi.
Men: Unday bo`lsa, agar pulni olgan biror odam bilan gaplashmasangiz, pul olganini qayerdan bilasiz?
Mary: Shahardan chiqmasingdan ozgina avval beradi. Balki maosingga qo`shib mukofot puli olasan, balki lotereyadan kichkina pul yutasan, yoki ko`chada 20 dollar topib olasan.
Men: Xo`sh, bularning Hank’ga nima aloqasi bor?
John: Hank’ning ba`zi do`stlari bor.
Men: Kechirasiz-ku, ammo bu g`alati bir firibgarlikka o`xshaydi.
John: Lekin bir million dollar haqida gap ketmoqda. Imkoniyatni qo`ldan bOy bermoqchimisan? Va unutma, o`pmasang seni do`pposlaydi.
Men: Balki, agar Hank bilan gaplashsam, undan batafsil ma`lumot olarman.
Mary: Yo`q, hech kim Hank’ni ko`ra olmaydi. Hech kim Hank bilan gaplasha olmaydi.
Men: Xo`sh, u holda qanday qilib ketini o`pasiz?
John: Ba`zan unga bir bo`sa yuboramiz va ketini o`ylaymiz. Boshqa paytlari Karl’ning ketini o`pamiz va u Hank’ka jo`natadi.
Men: Karl kim?
Mary: Karl bir do`stimiz. Bizga Hank’ni va uning ketini o`pish haqida u o`rgatgan. Karl uchun qilgan yagona narsamiz uni bir necha bor kecki ovqatga taklif qilganimiz bo`ldi.
Men: Ya`ni Hank degan bittasi borligi, uning ketini o`pishingiz kerakligi va shu yo`l bilan Hank’ning sizni mukofotlantirishi to`g`risida faqat Karl’ning so`zlariga ishondingiz, shundaymi?
John: Yo`q, yo`q! Karl’da bir maktub bor. Hank tarafidan unga bir necha yil avval yuborilgan. Butun masala tushuntirilgan o`sha xatda. Qara, mana bu o`sha maktubning nusxasi. Ol, o`zing am ko`r.
John menga ustiga “Karl’ning ofisidan” deb yozilgan fotokopiya uzatdi. Unda 11 moddalik ro`yxat bor edi.
1. Hank’ning ketini o`p va u ham senga shaharni tark etganinga 1 million dollar bersin.
2. Alkohol ich.
3. Sen kabi bo`lmagan odamlarni do`pposla.
4. Yaxshi ovqatlan.
5. Bu ro`yxatni Hank’ning o`zi yozdirdi.
6. Oy yashil pishloqdan qilingan.
7. Hank’ning aytgan har bir gapi to`g`ridir.
8. Hojatga ketganingdan so`ng qo`lingni yuv.
9. Ickilik ichma.
10. Sosiskalarni sosiska noni ichiga solib ye, yoniga boshqa narsa qo`shma.
11. Hank’ning ketini o`p, yo`qsa seni do`pposlaydi.
Men: Bu menga Karl tomonidan yozilgandek tuyulyapti.
Mary: Hank’ning qog`ozi yo`q edi, shuning uchun.
Men: Menga sunday tuyulyaptiki, agar tekshirib ko`rsak, bu yozuv Karl’ning yozuvi bo`lib chiqadi.
John: Albatta, Hank aytib turdi, Karl yozdi.
Men: Hech kim Hank’ni ko`rmagan, deb o`ylardim?
Mary: Hozir shunday. Ammo ko`p yillar avval Hank ba`zi kishilar bilan gaplashgan.
Men: Hank’ning yaxshi odam ekanligini aytuvdingiz. Qaysi yaxshi inson, farqli ekan, deb boshqalarni uradi?
Mary: Hank’ning istagi bu va Hank har doim haqdir.
Men: Qayerdan bilasan buni?
Mary: 7-modda “Hank’ning aytgan har bir gapi to`g`ridir” deyapti. Bu men uchun yetarli.
Men: Balki og`ayningiz Karl uydirgandir butun masalani.
John: Mutlaqo yo`q. 5-modda bu ro`yxatni Hank’ning o`zi yozdirganini aytayapti. Qolaversa, 4-moddada yaxshi ovqatlaning, 8-moddada hojatdan so`ng qo`llaringizni yuving, deyapti. Bularning to`g`ri ekanligini hamma biladi. Demak bosqa moddalar ham to`g`ri bo`lishi kerak.
Men: Birqo 9-moddada ichmang, deyapti, bu ikkinci moddaga qarshi kelyapti-ku. Qolaversa, 6-moddada Oyning yashil pishloqdan yasalganini aytayapti ki bu umuman noto`g`ri.
John: 9 bilan 2 orasida hech qarama-qarshilik yo`q. 9 faqat 2’ni izohlamoqda. 6’ga kelsak, Oyga uchmagansan, to`g`ri-noto`g`ri ekanligini qayerdan bilasan?
Men: Olimlar Oyning qOyalardan iborat ekanligini aytishadi axir.
Mary: Lekin qOyaning Yerdan yoki koinotdan kelib-kelmaganligini bilishmaydi. Ya`ni Oy hamon yashil pishloqdan yasalgan bo`lishi mumkin.
Men: Astronom emasman-u, ammo Oyning Yerdan chiqqani haqidagi hipotezani rost, deb o`ylamayman. Qolaversa, qoyaning qayerdan kelganini bilmaslik uni pishloqdan yaralgan, degan fikrga olib kelmaydi.
John: Mana, olimlarning xato qilganini o`zing ham bilding. Lekin Hank’ning ar doim haq ekanligini bilamiz!
Men: Bilamiz?
Mary: Albatta, 5-modda shunday deydi.
Men: Aytyapsanki, Hank haqdir, chunki ro`yxat sunday deyapti va ro`yxat to`g`ridir, chunki uni Hank yozdirgan. Va Hank’ning yozdirganini bilamiz, chunki ro`yxat shunday deyapti. Bu aylanma mantiq. “Hank haqdir, cunki Hank haqdir” deyishdan farqi yo`q.
John: Mana endi anglashni boslayapsan Hank’ning fikrlash bichimini.
Men: Biroq, … Mayli, e`tibor qilma. Xo`sh, bu sosiskalar bilan aloqador mavzu-chi?
Mary yuzini burishtirdi.
John: Sosiskalar sosiska noni ichiga solinib yeyiladi. Yoniga hech nima qo`shilmaydi. Hank’ning yo`li bu. Boshqacha qilish noto`g`ridir.
Men: Agar sosiska nonim bo`lmasa-chi?
John: Sosiska noning bo`lmasa, sosiska yeyolmaysan. Sosiska nonisiz sosiska noto`g`ridir.
Men: Yoniga ketchup, xantal ham qo`shib bo`lmaydimi?
Mary shiddat bilan o`girildi.
John: Bunday gaplarni gapirishning hech keragi yo`q! Sosiskaga qo`shib yeyiladigan hamma ziravolar yanglishdir.
Men: Ya`ni ustiga biroz achchiq-chuchuk to`g`ralgan sosiska ham mumkin emasmi?
Mary quloqlarini qo`llari bilan berkitdi va “Eshitmayman buni, la la la la…”
John: Bu yomon. Sayton yo`ldan uribgina bunday narsani yeyish mumkin.
Men: Juda yaxshi narsa bu. Men doim yeyman, masalan.
Mary hushidan ketdi va John uni tutib qoldi: “Agar o`sha nusxalardan biri ekanligingni bilsaydim, vaqtimni hech sarflab am o`tirmasdim senga. Hank seni do`pposlar ekan, men ham o`sha yerda bo`laman va pulimni sanab, ustingdan kulaman. Hank’ning ketini sening o`rningga o`zim o`paman, hap senimi, sosiska nonsiz achchiq-chuchuk yeyuvchi...”
Keyin John Mary’ni suyab, tashqarida kutib turgan mashinaga o`tirdi va shu bilan ketdi.

Category: Hajv | Views: 3668 | Added by: ateizm | Rating: 5.0/4 |
Total comments: 0
Name *:
Email *:
Code *:
Calendar
«  June 2007  »
SuMoTuWeThFrSa
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
Login form
Qidiruv
Do`stlarimiz
Statistika