Tuesday, 2024-04-23, 9:47 AM
 
Bosh sahifa Ro`yxatdan o`tish Kirish
Xush kelibsiz, Guest · RSS
Menyu
Blog sections
Fan [1]
Ilmiy ateizm
Islom [3]
Islom dini ateistik nuqtai nazardan qaralganda
Hajv [4]
Yumor va satira
Din [0]
Xudo [2]
So`rov
O'zingizni qaysi dinga mansub, deb bilasiz?
Total of answers: 298
 Blog
Main » 2007 » July » 11 » Qur'on tafsirlariga parodiya
Qur'on tafsirlariga parodiya
9:50 AM
Qur'on tafsirlarini yozish, undagi oyatlarga izohlar berish oson ish emas ekan. Ayniqsa bu eski kitobni zamonamiz zayliga moslab yozish undan-da qiyin. Yolg'iz til bilgan kamlik qiladi. Kallani, xayol kuchini ishlatishni o'rganib olish kerak.
Masalan, Qur'onda shunday oyat bo'lsin deylik:

xxxx surasi xx-oyat
"Bularni belingizga bog'lang va darhol u Allohni tan olmaydigan odamlarning tuproqlariga keting, portlating, havoga uchiring u kofirlarni, ki ko'rsinlar mo'minlarning kuchini. Shubhasiz oyatlarimizni anglaganlar uchun ko'p ne'matlar bordir."

Tafsiri:
Bu oyat siz anglaganingiz ma'noda bo'lmay, xosiyatli, hatto kelajakdan xabar beruvchi mo'jizaviy oyatdir. Bilasizki, uchoqlar ichki yonuv motorlar bilan uchishadi. Bu motorlarda yonilg'i yonadi, ya'ni portlaydi. "U kofirlarning tuproqlariga keting" derkan, bu yerda juda uzoqlarda (boshqa qit'alarda) yashaydigan odamlarning tuproqlariga - mamlakatlariga sayohat qiling, demakdir. "darhol" so'zi esa bu sayohatning tez bo'lishiga bir ishoratdir. Va bilamizki bunday tez sayohat faqat uchoqlarda amalga oshiriladi. Oyatdagi "portlating" so'zi esa motorlarning "portlamali motor" ekanligidan xabar bermoqda. Va Qur'on-i Karim kunimizdan 14 asr(!) avval bu mo'jizani bizga bildirmoqda. "portlating, havoga uchiring u kofirlarni, ki ko'rsinlar mo'minlarning kuchuni", ya'ni motorlarni ishga tushiring va kofirlarni uchoqqa mindiring, (uchiring ularni) ki ko'rsinlar musulmon texnikasi qandayligini. Oyat boshidagi "Bularni belingizga bog'lang" esa, nuqul yanglish tushuniladigan, va beliga bombalarni bog'lab g'ayrimuslim o'lkalarda xudkushlik qilayotgan terrorchilarni esga solishi mumkin. Ammo aslida bu oyat bundayin zulm haqida emas. Zotan oyat so'ngidagi "Shubhasiz oyatlarimizni anglaganlar uchun ko'p ne'matlar bordir" gapi bunga bir ishoratdir. U belimizga bog'laydigan narsa, uchoqdagi yo'lovchilar beliga bog'laydigan xavfsizlik kamaridan boshqa narsa emas.
 
Xullas, xulosa qilib aytadigan bo'lsak, oyat tafsiri shundaydir:
"Belingizga xavfsizlik kamarlarini bog'lang, motorlarni portlating (ishga tushiring), tezlik bilan uzoqlarga (g'ayrimuslim o'lkalarga) keting, bu uchoqlar bilan ularni havoda uchiring, ki sizning kuchingizni (texnologiyangizni) ko'rsinlar."

Mana fanning o'tgan asrda ijod etgani, kunimizdan 1400 yil oldin yozilgan Qur'onda ochiqdan-ochiq ko'rsatilmoqda. Qur'on shunday mo'jizaviy kitobdir, u odamzotga fan o'rganishni buyuradi.
________________________
Ko'rganingiz kabi, ikki jumlalik bir oyat bir sahifalik qilib "yoyildi", zamonamizga moslab aylantirildi. O'ylab ko'ring, bunday tafsirlarning Xorun Yahyo, Xayrulla Hamidov kabi ustomonlarning kitoblari-yu disklaridagi tafsir va "mo'jiza"lardan farqi bormi?
Category: Hajv | Views: 6854 | Added by: ateizm | Rating: 0.0/0 |
Total comments: 0
Name *:
Email *:
Code *:
Calendar
«  July 2007  »
SuMoTuWeThFrSa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Login form
Qidiruv
Do`stlarimiz
Statistika