Friday, 2024-04-26, 12:17 PM
 
Bosh sahifa Ro`yxatdan o`tish Kirish
Xush kelibsiz, Guest · RSS
Menyu
Blog sections
Fan [1]
Ilmiy ateizm
Islom [3]
Islom dini ateistik nuqtai nazardan qaralganda
Hajv [4]
Yumor va satira
Din [0]
Xudo [2]
So`rov
O'zingizni qaysi dinga mansub, deb bilasiz?
Total of answers: 298
 Blog
Main » 2007 » July » 15 » Mahshar
Mahshar
10:57 AM

Mana, o'sha mahshar kuni ham kelib, so'rov boshlandi...

Alloh: Ey qulim, menga ishonmas eding, mana endi qarshingda turibman.

Ateist: Sen Allohmisan?

Alloh: Ha, men Allohman.

Ateist: Qayerdan bilay sening Alloh ekanligingni, balki boshqasidirsan.

Alloh: Qara, mana senga boldirimni ko'rsatayapman, endi ishondingmi?

Ateist: U boldirning Allohning boldiri ekanligini qayerda bilaman? Buni bilishim uchun Allohning boldirini avvalroq ham ko'rishim kerak edi, lekin bu boldir ham sening Alloh ekanligingni isbotlamaydi.

Alloh: Qanaqa odamsan o'zi, e hozir do'zaxga otayki, ko'rasan, Allohmanmi yo yo'q.

Ateist: Nega ishontirish uchun boldiringni ko'rsatyapsan?

Alloh: Xo'sh, nima qil deysan?

Ateist: Bo'l, desang bas.

Alloh: Ha, buni qara-ya, esimga kelmabdi!

Ateist: Sendan zerikdim, nuqul ayni narsalarni qilasan. Hamma narsani o'zing qilganingni ayta turib, bizni do'zaxga tashlaysan. Hamma narsani sen qilsang, hamma narsaga mas'ul ham sen bo'lmaysanmi? Men har yerdaman, deysan, qullarimga yaqinman, deysan, lekin negadir odamlarga elchi orqali murojaat qilasan?

Alloh: Sizlarni sinayapman, imtihon qilayapman.

Ateist: Hamma narsadan voqif emasmisan? Ham hamma narsani bilaman, deysan, ham sinayapman, deysan. Biz bilganini sinaganni boshqa so'z bilan atayman. Qilgan ising Muhammadga xotin topish. Unga onasi va singlisidan tashqari barcha ayollarni halol qilgansan.

Alloh: A, to'xta, aybni menga to'nkama, Muhammad aslida bundan ham ortig'ini istagandi, men bo'lmaydi, dedim.

Ateist: Bundan ham ortig'ini? Ortiq kim qolibdi-ki?

Alloh: U yog'ini kavlashtirma...

Ateist: Uning 9 yoshli qizcha bilan chimildiqqa kirishiga, o'z avlodiga uylanishiga qanday qilib izn berding?
 
Alloh: Ha endi shayton yo'ldan ozdirdi.

Ateist: Xo'sh, nega Odam va Havvoni yerga yolg'iz yubording? Nega ularning farzandlariga yaqin qarindosh bo'la turib, nikoh qilishlariga izn berding? Hamma narsaga qodirsan-ku, aqlingga boshqa chora kelmadimi? Boshqa odamlarni yaratsang ham bo'lardi. Bu yechim hatto dunyomizdagi 4 yoshli bolaning kallasiga ham keladi...

Alloh: Endi... bir bo'lib qopti-da, oz'im ham uyalaman...

Ateist: Odamni yaratayapsan, keyin shu daraxtga yaqinlashma, deyapsan, unday bo'lsa nega u daraxtni u yerga qo'yding? Odam u daraxtdagi mevani yeyishini, shayton uni aldashini bilmasmiding, qolaversa har yerdaman deysan, shayton Odamni o'z jannatingda aldayotganida qayerda eding?

Alloh: Oh, u shayton mening bir onlik g'aflatimdan foydalanib qoldi, Odamni aldadi. Uni albatta jazolayman.

Ateist: Nega jazosini darrov berib qo'ya qolmading-da, kechiktirding? Unga odamlarni yo'ldan ozdirish uchun fursat berding. Qolaversa, hatto Allohning jannatida Allohning payg'ambarini (!) yo'ldan ura olgan bir mavjudot yerdagi odamlarni qay ahvolga solishin bir o'ylab ko'rmadingmi?

Alloh: Zamondan munazzahman, shuning uchun tuzuk-durust o'ylay olmayman.

Ateist: U Muhammadga yo'lladim, degan kitobingning holini ko'r, chalkashlik, sadizm, safsatalarga to'la. Hech yarashadimi cheksiz bilim sohibi Allohga shunday kitob?

Alloh: Nega, nimasi bor ekan kitobimning? Iltimos, insof bilan gapir.

Ateist: Qanaqa insof? Senda insof bormi ki, talab qilsang? Istasangmish, har kim hidoyatga yetarmish. Sen tilamasang, ular butga topmasmish. Eee,sen tilamasang, ularning aybi nima?! Ham hamma narsani sen qilarmishsan, sen istamasang bo'lmasmish, ham qilganlarimizga yarasha bizni jazolarkansan. Dunyoni shuning uchun yaratdingmi?

Alloh: Shunday desa ham bo'ladi... bir kun qarasam, bitta o'zimman, keyin siqilib ketdim, kel, dedim, shu odamlarni yaratayin, tomosha qilib o'tirayin, zerikib o'lmay tag'in.

Ateist: Darvoqe, qanday paydo bo'lgansan, hech o'ylab ko'rganmisan bu haqda? "Men qanday qilib shunday kuch, bilim bilan bor bo'lib qoldim, meni ham yaratgan bormikan?" deya...

Alloh: Yo'q, nega meni birov yaratsinki? Maqsadi nima bo'ladi bundan... Eee, ichimga qurt tushganday bo'ldi, haqiqatan ham meni kuzatayotgan birov bormikan? He yo'q, nega meni kuzatsin, boshqa qiladigan ishi yo'qmi? Qolaversa, men bizzat ateistman...

Ateist: Vijdoning bormi o'zi? Dunyoda shuncha yovuzliklar bo'layapti-ki, odamlar o'n ming so'm uchun o'ldirilayapti, ochlikdan qirilishyapti, kichik bolalar zo'rlanmoqda; bizning qo'limizda sening kuchingning milliarddan biri ham yo'q bo'lsa-da, bularni ko'rib chiday olmay, to'siq bo'lishga harakat qilamiz. Vijdonimiz shuni buyuradi. Sen esa qanday qilib jim turib tomosha qilayapsan?

Alloh: Nima qilay, qaysi biringizga qaray, hammangiz tentak bo'lgansiz. Sizni yaratganim kunga la'nat bo'lsin, ming afsus, naq 6 kun yelib-yuguribman-a, sizlarni yaratish uchun, aql berdim, erkin iroda berdim.

Ateist: Erkin irodang nimasi, kitobingda Alloh tilamasa, siz ham tila olmaysinizdeyapsan. Bular sening oyatlaring emasmi?

*Agar Robbing xohlasa, yer yuzidagi kishilarning hammasi iymonga kelar edilar. (10/Yunus/99)

*Agar xohlaganimizda, har bir jonga o'z hidoyatini berar edik. (32/Sajda/13)

*Sen: "Yetuk hujjat Allohning O'zidadir. Agar xohlasa, hammangizni hidoyatga solar edi", deb ayt. (6/An'om/149).

*Oyatlarimizni yolg'onga chiqarganlar kar va soqovlardir. Alloh kimni xohlasa, adastirar va kimni xohlasa, to'g'ri yo'lda barqaror qilib qo'yadir. (6/Enam/39).

*Alloh kimni adashtirgan bo'lsa, unga yo'l topa olmassan. (4/Niso/88).

Bular sening oyatlaring emasmi???
 
Alloh: Ha, meniki, umuman menga unaqa gapirma, bilganimni qilaman!!!
 
Ateist: Xo'p, shunday ekan, bulardan so'ng, kimning do'zaxga kirishi kerak: menmi yo sen?

Alloh: Ey inson, tabiiyki sen kirasan do'zaximga. Men seni atayin shuning uchun yaratdim.

*Batahiq, jahannam uchun ko'plab jin va inslarni yaratdik. (7/A'rof/179).

Esingga tushdimi bu oyatim? Qasam ham ichganman, do'zaxga tiqaman, deb, yolg'onchi bo'laymi endi? (atrofga baqiradi) Mana bu yaramasni darhol jahannamga oting! (do'zaxga yuzlanib) To'ldingmi?

Do'zax: Qayog'da... Yana bormi?

"Bugun jahannamga to'ldingmi?" desak, u: "yana qo'shimcha bormi?" der. (50/Qof/30).
___________________________________________
Qavslar ichida sura raqami/nomi/oyat raqami keltirilgan.

Category: Hajv | Views: 2876 | Added by: ateizm | Rating: 0.0/0 |
Total comments: 0
Name *:
Email *:
Code *:
Calendar
«  July 2007  »
SuMoTuWeThFrSa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Login form
Qidiruv
Do`stlarimiz
Statistika