Thursday, 2024-03-28, 4:50 AM
 
Bosh sahifa Ro`yxatdan o`tish Kirish
Xush kelibsiz, Guest · RSS
Menyu
Blog sections
Fan [1]
Ilmiy ateizm
Islom [3]
Islom dini ateistik nuqtai nazardan qaralganda
Hajv [4]
Yumor va satira
Din [0]
Xudo [2]
So`rov
O'zingizni qaysi dinga mansub, deb bilasiz?
Total of answers: 298
 Blog
Main » 2013 » November » 7 » Einstein maktubi
Einstein maktubi
9:10 AM
Dinchilar Albert Einstein go'yoki xudojo'y bo'lgani haqida hikoyalar tarqatishadi. Bu sahifada fizikning faylasuf Erik Gutkind'ga din va xudo haqida yozgan xati keltirilgan:

Princeton, 3. 1. 1954

Hurmatli Mr Gutkind,

Brouwer'ning takroriy taklifiga binoan, kitobingizni o'qib chiqdim, uni menga berib turganingiz uchun tashakkur. Meni lol qoldirgan narsa shu bo'ldi: hayot va jamiyatga faktik munosabatimizda ko'p umumiylik bor. Sizning shaxsiy idealingiz ego atrofidagi xohishlardan qutulib, ozodlikka intilish, hayotni go'zal va himmatli qilish, bunda faqat odamiy unsurga tayanishdir. Bu bizni "noamerikaviy munosabatimiz" bilan birlashtirib turadi.

Biroq Brouwer'ning taklifisiz kitobingiz bilan o'zim tanishib chiqmas edi, chunki u menga tushunarsiz tilda yozilgan. "Xudo" so'zi men uchun insoniy ojizlik ifodasi va mahsulotidan boshqa narsa emas, Injil esa sharafli, lekin juda sodda, bolalarga xos afsonalar to'plamidir. Hech qanday, xoh nafis bo'lsin, tafsir-u izohlar buni men uchun o'zgartira olmaydi. Men uchun yahudiylik barcha boshqa dinlar kabi bolalarcha bid'at-xurofot timsolidir. O'zimni bajonidil ularga qarashli deb hisoblaydiganim va hurmatim baland yahudiy xalqi ham men uchun barcha boshqa xalqlardan farq qilmaydi. Tajribam ko'rsatishicha, ular boshqa xalqlardan hech ham yaxshi emas, garchi katta qudratga ega bo'lmaganlari uchun yomon illatlardan saqlanishsa ham. Bundan boshqa ularning nimasi "tanlangan" ekanini ko'rmayman.

Umuman sizning tashqisi odam, ichkisi esa yahudiy bo'lgan ikki g'urur devori orasiga tushib imtiyozli o'rin talab qilishingizni nojo'ya deb topaman. Odam sifatida siz qabul qilingan sababiyatdan ozod bo'lishni, yahudiy sifatida esa yakkaxudolik imtiyozini talab qilasiz. Biroq cheklangan sababiyat umuman sababiyat emas, buni biz bilgan ajoyib Spinoza kesin birinchilardan tasdiqlagan. Tabiat dinlarining animistik talqini monopoliyalashtirish bilan prinsipial bekor qilinmaydi. Bunday devorlar bilan biz faqat qandaydir darajada o'zimizni aldashimiz mumkin, ammo ular axloqiy o'sishimizga to'sqinlik qiladi. Aksincha.

Aqliy e'tiqodlarimizdagi farqlarni ochiq-oydin ko'rsatganimdan keyin ham biz boshqa muhim narsalarda, masalan odam xulqini baholashda yaqin ekanligimiz menga ayon qolmoqda. Bizni ajratuvchi narsalar faqat aqliy "anjom" va Freud tili bilan aytganda "ratsionalizatsiya"dir. Shuning uchun agarda muayyan narsalar haqida suhbatlashsak bir-birimizni yaxshi tushunamiz, deb o'ylayman.

Do'stona tashakkur va eng yaxshi niyatlar,

Hurmat bilan,

A. Einstein

Bu yerdan tarjima qilindi.
Category: Xudo | Views: 1573 | Added by: ateizm | Rating: 5.0/1 |
Total comments: 0
Name *:
Email *:
Code *:
Calendar
«  November 2013  »
SuMoTuWeThFrSa
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
Login form
Qidiruv
Do`stlarimiz
Statistika