Monday, 2024-04-29, 0:01 AM
 
Bosh sahifa Ro`yxatdan o`tish Kirish
Xush kelibsiz, Guest · RSS
Menyu
Blog sections
Fan [1]
Ilmiy ateizm
Islom [3]
Islom dini ateistik nuqtai nazardan qaralganda
Hajv [4]
Yumor va satira
Din [0]
Xudo [2]
So`rov
O'zingizni qaysi dinga mansub, deb bilasiz?
Total of answers: 298
 Blog
Main » 2007 » June » 24 » O'yga soluvchi savollar
O'yga soluvchi savollar
8:15 AM
Taqdir va Erkinlik
· Taqdirimiz avvaldan yozilib qo'yilgan bo'lsa, nega qilmishlarimizga mas'uliyat bizga yuklanmoqda?
· Agar hur irodamiz bor bo'lsa, nega ba'zi narsalarni tanlaganimizda do'zaxga yuborilamiz?
· Biz tanlovlarimizda erkinmiz, taqdir faqat xudoning bizning tanlovlarimizni avvaldan bilib yozib qo'yganidir, deb bu savollardan qutulishga urinmang. Inson qarorlarni mavjud sharoit va faktorlarga ko'ra qabul qiladi. Bu sharoit va faktorlar esa xudoning nazorati ostidadir, xudo agar hamma narsani idora etsa, inson erkin bo'la olmaydi. Vaziyat bunday bo'lmasa va xudo insonni haqiqatdan erkin qila oladigan (va qilgan) bo'lsa, ya'ni insonning qarorlari xudoning nazorati ostida bo'lmasa, u holda xudoning erkinligi cheklangan bo'lib qoladi. Inson erkinligi va irodasi xudoning mutloq irodasi bilan mos tushmaydi. Inson haqiqatdan ham tanlovlarida erkin bo'lsa va xudoning bunda hech bir roli bo'lmasa, funkciyasi faqat bularni avvalboshdan bilishdan iborat bo'lsa, bu xudoning kuchiga cheklov qo'yadi. Lekin xudo hamma narsaga qodirligi yuzasidan bundayin cheklov bo'la olmaydi, demak bizning tanlovlarimiz ham uning nazorati ostidadir va faqat uning xohish-irodasi bilan bo'ladi. Hatto atrofimizdagi barcha narsalarni u yaratganidan, tanlovlarimiz ham u yaratgan sharoit va faktorlar asosida bo'ladi, boshqa iloji yo'q. Qisqasi, ham xudo, ham inson bir vaqtning o'zida erkin bo'la olmaydi. Bu chalkashlik dinlarning tabiatida bordir va din ulamolari buning ichidan chiqish uchun tayinli argument keltira olishmaydi. O'zlaridan so'rab ko'ring-chi, oladigan javobingiz sizni qoniqtirar ekanmi?
· Tanlov erkinligimiz bor, biroq ba'zi narsalarni tanlamasligimiz istalsa bu erkinlikning nima keragi bor?
· Xudoning haqiqatdan ham bor ekanligini tasavvur qilaylik. Men nega unga ibodat qilishga majburman? Agar mening birovga, o'sha birov mendan kuchli bo'lsa ham, ibodat qilmaslikni tanlash erkinligim, haqqim bo'lsa, u holda bu erkinlikni ishlatganim tufayli nega jazolanishim kerak? Agar itoat istasa, nega itoat etmaslik huquqini ham berayapti insonga? Yo'q, agar boshqa narsalardan zavq ololmasa, u holda "Nima, bu xudo sadistmi?” degan savol tug'iladi.
· Xudo hamma narsani bilsa (o'tmish, kelajak, va hk), u holda o'tmish ham, kelajak ham yaratilmasidan avval tayindir. Tayin bo'lgan narsani o'zgartirish uchun kitob, payg'ambar, va hk yuborishning mantig'i nima?
· Jean Paul Sartre’ga ko'ra, xudo bor bo'lsa, unga urush e'lon qilib, yo'q qilishga harakat qilishimiz kerak, chunki u bizning erkinligimizga to'siqdir. Xudo bor bo'lsa ham, agar iddao etilganidek odil bo'lsa, hur iroda va istaganini tanlash erkinligini bergan qullaridan bu erkinlikni qo'llamaslikni talab qilmasligi kerak. Aks holda yaxshi niyatli va odil bo'la olmaydi. G'addor, despot va adolatsiz bo'ladi.
Adolat
§ Tasavvur qilaylikki, ilmiy-taxayyuliy filmlardagi kabi aqlli robotlarni yasay oladigan darajagacha rivojlandik. Va bu yasaganimiz robotlar ham o'zlarining mavjud ekanliklarini biladilar, ham erkin tanlov qila oladilar. Bu vaziyatda biz ulardan bizga qul kabi itoat etishlarini kuta olamizmi? Bunga haqqimiz bormi? Buni qilsak, bu ahvolning hur insonlarni qul qilishdan nima farqi bor? Bu bizni g'addor, tiran, despot va adolatsiz qilmaydimi?
§ Sun'iy ong dasturlari ustida ishlayotgan bir dasturchini tasavvur qiling. Bir dastur tayyorlayapti, test qilayapti va dasturining istagani qadar ishlamayotganini ko'rayapti. Bu vaziyatda dasturchi kimni ayblashi kerak? Yozgan dasturinimi, yo'qsa o'zinimi?
§ Qu'ronda nega qullar haqida ko'p yozilgan? (Qullaringizga yaxshi muomala qiling, ozor bermang va hk). Ya'ni Qur'on qullikni tabiiydek ko'rayapti. Musulmonlar bu ahvolni qanday izolashadi?
§ Qur'onga ko'ra xudo ba'zilarning qalblarini muhrlagan, ularni imonga kiritmagan (biz ateistlar ham, turgan gapki o'sha kishilar sirasiga kiramiz). Xo'sh, bu vaziyatda xudo bizga haqsizlik qilayotgan bo'lib chiqmaydimi? Bizning nima aybimiz bor? Bu xudoning odil sifatiga to'g'ri keladimi?
§ Umr bo'yi islomni tanimagan kishilarning nima aybi bor? Afrikaning ibtidoiy qabilasida tug'ilgan bir odamdan xudo qanday qilib o'ziga imon kutadi?
§ Xudoning bizni ham sevishi, ham hayotning bir imtihon ekanligi va bu imtihonda o'ta olmasak, qattiq jazolanishimiz aytiladi. Ya'ni xudo bizni majburlab bunday rasvo bir imtihonga tiqib qo'ygan. Va ham hadislarda, ham muqaddas kitoblarda do'zaxda jannatdagidan ko'ra juda ko'p inson bo'lishi aytiladi. Bu sevimli bir shaxsga qilinadigan ish turidanmi?
§ Xudoning ayollarga nima g'arazi bor? Nega kerak bo'lsa urib, do'pposlanishlari mumkinligi aytilmoqda (Niso surasi, 34-oyat)? Nega ular "Aqlan va dinan qoloq yaratilganlar” deyiladi (Buxoriy hadislari)? Nega guvohliklari erkak guvohligining yarmiga teng ko'rilmoqda?
§ Bizning musulmon o'lkalar, xudo qatidagi eng so'nggi va eng haq dinga sohib bo'lsa, nega dunyo bo'ylab musulmon mamlakatlar qoloqlashib ketishgan? Nega kofir xristianlar, yahudiylar, dinsizlar dunyoni boshqarmoqda?
§ Xudo, agar bor bo'lsa, ham borligining dalillarini bizdan berkitib, ham bizlardan o'ziga ishonishimizni kutar ekan, nima qilayotganini tushunadimi o'zi? Berkinmachoq o'ynayotgan bir bolami?
O'zga sayyoraliklar
· Agar olamda yashaydigan bizdan boshqa juda ko'p hayot turlari bo'lsa (ki zamonaviy fanga ko'ra bu mumkin), u holda bu mavjudotlarning bir qismi bizdan ortda qolgani bilan, boshqa qismi esa ilg'orlashib ketgan bo'lishi mumkin. Lekin Qur'onga ko'ra xudo odamni koinotda o'zidan keyin eng qimmatli borliq, deb tayin qilgan. Hatto farishta va jinlardan ham ustun qo'ygan. Xo'sh, bizdan qat-qat zakiy va ilg'or, bizdan million yillar ilgarilab ketgan mavjudotlar bo'lgan holda, xudo bu sharafni nega bizga loiq ko'ripti?
· Nega muqaddas kitoblarda o'zga sayyoraliklar haqida bir og'iz gap yo'q?
· Xudo Odam va Havoni yaratib, jannatdan quvgan ekan, o'zga sayyoraliklar jannatdan qanday quvilishgan? (agar quvilishgan bo'lsa). Yo hammasi yaratilib-yaratilib jannatdan quvilgan bo'lishi lozim, yoki faqat inson jannatdan quvilgan, boshqalar esa o'z sayyoralarida yaratilgan bo'lishlari kerak. Agar ikkinchisi to'g'ri bo'lsa, u holda yana inson ulardan ayri qo'yilmoqda (insonni jannatda yaratganiga ko'ra).
· Xudo o'zga sayyoraliklarga ham payg'ambar va kitoblar yuborganmikin? Ularni ham do'zaxga otarmikan? Bizlarga hurilar va sharobdan daryolar va'da etipti, o'zga sayyoraliklar nima olishar ekan?
Tabiat va Evolyuciya
§ Xudo hamma narsani bir maqsad uchun yaratgan va dunyodagi har bir jonzotning tayinli funkciyasi bo'lsa, nega 60 million yil avval dinozavrlarni va o'sha paytda Yerda yashagan boshqa mavjudotlarning %95’ini qirib yuboripti? Nega hanuzgacha organizm turlari yo'qolib bormoqda?
§ Odam bugungi shakli bilan yaratilgan bo'lsa, olimlar qazishma joylarida nega shakli bugungi odamga o'xshamagan (ko'proq maymunga o'xshab ketadigan), lekin yonboshlarida tosh asboblar yotgan skelet namunalarini topishmoqda? (Bularga yuzlab misollar bor).
§ Odamlar Odam va Havodan tarqalgan bo'lsa, va evolyuciya, demakki tabiiy tanlanish, atrof-muhitga moslashish kabilar bo'lmasa, nega dunyoning turli burchaklaridagi odamlar antropolgik xususiyatlari bilan bir-biridan farq qilishadi?
§ Jonzot turlari bugungi holicha yaratilgan va million yillarki o'zgarmay kelyotgan bo'lsa, nega fanda evolyuciya, deb atalmish bir princip kiritilgan va nega bu nazariyaning ko'p-ko'p isbot-dalillari bor? Nega hamma hurmatli va nufuzli olimlar bu nazariyaning to'g'riligiga ishonishadi? Va nega televizorda ko'rsatiladigan barcha tabiat haqidagi ko'rsatuvlarda evolyuciya nazariyasiga bevosita yoki bilvosita ishoratlar beriladi?
Mantiqiy savollar va paradokslar
· Xudoning o'z o'zini yo'q qilishga kuchi yetadimi?
· Xudoning ikkinchi bir xudoni yaratishga kuchi yetadimi?
· Xudo bir emas, ko'p bo'la oladimi?
· Xudo o'zi ham ko'tara olmaydigan tosh yarata oladimi?
· Xudoning kuchi yetmaydigan bir narsani yaratishga kuchi yetadimi?
· Xudo hamma narsaga qodir bo'lmaslikka ham qodirmi?
· Xudo biror-bir sifatiga (Allohning 99 ismi uning sifatlarini bildiradi) teskari sifat ola oladimi (masalan, "rahmdil” sifati o'rniga "razil” sifatini)? Ololsa va olsa, bu sifatni haq sifat deyish mumkinmi?
· Xudo mantiqdan yuqori turadimi? Bir vaqtning o'zida ham to'g'ri, ham yanglish biror nima yarata oladimi, masalan? Yoki doira shaklidagi kvadrat?
· Xudo olamni yaratishdan avval qayerda edi? Nima qilayotgan edi?
· Xudo kelajakni ham bila, ham o'zgartira oladimi? (O'zgartirsa eski bilimi yanglish bo'lib chiqadi).
· Xudo o'ylay oladimi? (O'ylash kelajak va o'tmishga doirdir. Xudo kelajak va o'tmishni bilgani uchun o'ylamasligi kerak. O'ylashni boshlashi bilan eski fikrlarini, demakki o'zini yolg'onchiga chiqaradi. Shu boisdan xudo kelajak haqida ham o'ylay olmaydi. O'ylasa, kelajak haqida bilmas ekanligi kelib chiqadi).
Category: Islom | Views: 27281 | Added by: ateizm | Rating: 3.0/4 |
Total comments: 0
Calendar
«  June 2007  »
SuMoTuWeThFrSa
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
Login form
Qidiruv
Do`stlarimiz
Statistika