Saturday, 2017-12-16, 2:24 PM
 
Bosh sahifa Ro`yxatdan o`tish Kirish
Xush kelibsiz, Guest · RSS
Menyu
Blog sections
Fan [1]
Ilmiy ateizm
Islom [3]
Islom dini ateistik nuqtai nazardan qaralganda
Hajv [4]
Yumor va satira
Din [0]
Xudo [2]
So`rov
O'zingizni qaysi dinga mansub, deb bilasiz?
Total of answers: 227
 Blog
Main » 2013 » October » 25 » Sobiq muslima hikoyasi
Sobiq muslima hikoyasi
7:43 AM
Hindistonlik bir sobiq musulmon ayol hikoyasi:

"Men musulmon oilada tug'ildim. Onam butun umr dinga kuchli berilgan, otam esa nisbatan liberalroq, biroq onam ta'sirida u ham taqvodor bo'lib ketgan edi.

Hamma musulmon oilada bo'lganidek, qulog'imga azon aytildi. Dinim islom qilib belgilandi, islomni o'lgunimcha haqiqat deb ishonishimga qaror qilindi. So'nggi nafasimgacha Allohga sig'inishim kerak, deb belgilandi.

Ulg'ayar ekanman, Quronni Allohning tili bo'lmish arabchada o'qishni, namoz, ro'za va Allohning payg'ambari Muhammad buyurgan ishlarni qilishni o'rgana boshladim. Har gal yangi surani ovoz chiqarib o'qiganimda, yaxshi musulmon qiz bo'lib o'sayotganim uchun maqtov aytishganida onamning yuzidagi xursandchilikni ko'rib quvonar edim. 12 yoshga kirganimda ota-onamga hijob o'rashni istashimni aytdim. Ular va qarindoshlar mendan juda faxrlanar edilar. Ishlarim Allohga ma'qul ekanini aytishganida o'zimni juda baxtli his qilgandim. Maqsadim do'zax olovidan, eng qo'rqqanim narsadan Alloh meni asrashi, mendan rozi bo'lishi edi.

Har bir bola kabi men ham qiziquvchan edim, shubha va savollarim bor edi. Onam Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Yusuf, Muso, Iso va boshqa payg'ambarlar hayotidan hikoyalar o'qib berar edi. Shu hikoyalar menda birinchi shubhalarni paydo qildi. Nega, masalan, Alloh bila turib shaytonni yaratdi? Nega Alloh Ibrohimni sinamoqchi bo'ldi? Alloh kelajakni ko'rmaydimi? Alloh kelajakni o'zi belgilamaydimi? Biz-chi? Alloh qay birimiz jannatga, qay birimiz jahannamga yuborilishini belgilamaganmi? Qanday qilib bu hayot sinov bo'lsin, agar oqibatda barchasi Alloh istaganidek bo'lib chiqsa va avvalboshdan tayin etilgan bo'lsa?

Shularni so'raganimda nuqul bir javobni olardim: islom - bu ishonch, Allohdan savol so'rash mumkin emas (Moida:101). Qolaversa, Alloh bilguvchidir.

Shunday qilib savollar javobsiz qoldi va men ularni unutishga majbur edim, chunki Alloh bular haqida o'ylashimni istamas ekan. Yana bir savolim bor edi, lekin men uni ziddiyatli hisoblab, hech kimdan so'ramagandim: boshqa xudoga topinayotgan bo'lsak-chi? Balki Alloh xudo emas, Krishna, Iso yoki boshqa hech kim bilmaydigan iloh xudodir? Unda nima?

Qachon shu savolni o'ylasam, o'zimni aybdor, sharmanda his qilib, o'zimdan jirkanardim. Allohdan shunday fikrlarim uchun uzr so'rab, meni hidoyatga boshlashini istar edim, toki u mendan rozi bo'lib, jannatga kiritsin. Dinga mukkasidan berilgan edim.

15 yoshimga kelib Quronni bir necha bor arabchada o'qib bo'lgandim, biroq uni o'zimga tushunarliroq tilda ham o'qishni istadim. Alloh odamzotga kitobida nimalarni buyurganini tushunishni farz deb o'yladim. Va shunday qilib inglizcha Quron o'qiy boshladim.

Avvaliga Allohning so'zlariga mahliyo qoldim, hatto hayajonga ham tushdim, lekin bu hislar tezda tugadi. O'qishda davom etarkanman, kitobda absurd, mantiqsiz hikoyalar, varvarcha qonunlar va mizoginiya (xotin-qizlarni kamsitish) ko'rib hayron qoldim. Bolaligimda tug'ilgan savollar yana qaytib keldi va o'zimga o'zim onamning gaplarini qaytardim: Alloh bilguvchidir.

Yo'q, men erkak ayolini urishi, bir necha xotin olishi, ularni nazorat qilishi va ulardan istaganicha "foydalanishi" kerak, deb o'ylamasdim.

Yo'q, men ayol guvohligi erkaknikidan ikki marta past, erkaklar ayollardan yaxshi, ayol hayzi iflos kasallik, deb o'ylamasdim.

Lekin mening nima o'ylashim muhim emas, balki olam yaratuvchisi qarori muhim va shunday bo'lishi kerak edi. Shunday qilib shubhalarimni yana bir bora unutib, o'qishni davom ettirdim.

Shu paytga kelib Facebook'dagi EDMD (Everybody Draw Muhammad Day - Hamma Muhammadni Chizadi Kuni) haqida eshitib qoldim. Hech qachon bunchalik jahlim chiqmagan edi. Bu odamlar Muhammad payg'ambarni, Yer yuzida yurganlardan eng komilini, Allohning o'zi rasul etib tayinlaganini, odamzot orasidagi eng yaxshi odamni mazax qilishayotgan edi. Shu nodon odamlar shunday buyuk insonni mazax qilishmoqchimi?

EDMD meni reallik bilan tanishtirdi. Ungacha hammani biror dinga sig'inadi, deb o'ylar edim. Yaxshi musulmon sifatida boshqa dinlardan nafrat qilar edim. Yahudiy va xristianlarni Alloh, rasuli va ummaga dushmanligi uchun; hinduiylarni esa shirk qilishgani uchun yomon ko'rar edim.

Biroq EDMDda odamlar nafaqat turli ilohiy qarashlarga ega ekanini, balki xudoga topinmaydigan, hatto xudo mavjud emas, deydiganlar borligini ham bilib oldim. Ateistlar. Ularni olam yaratilmagan deyishgani uchun tentak, absurd deb o'ylardim. Unda olam qayerdan keldi? O'sha paytda nafratlanish uchun yangi odamlarni topgandim. Islomni rad etuvchi va men hech qachon eshitmagan g'alati fikrlari bor yangi odamlarni.

Men o'shanda islomni himoya qilib, bu fikrlari Alloh biladi qayerdan kelib qolgan adashganlarga islom ma'nosini tushuntirar edim. O'shanda men oldin unutmoqchi bo'lganim shubha va savollarga yana ro'baro' kelishga majbur bo'ldim.

Musulmonlar haqida oldin bilmagan narsalarni eshitdim. Theo van Gogh islomni tanqid qiluvchi kino olgani uchun ko'chada musulmon tomonidan o'ldirilganini. Islomiy o'lkalarda boshqa dinga kirganlar o'ldirilganini. Besoqollar jamoat joyida o'ldirilishini va boshqa menga musulmonlar aytmagan narsalarni eshitdim. Biz nuqul G'arb mamlakatlarimizni buzayotgani, odamlarimizni o'ldirayotgani, yahudiylar falastinliklarni qiynayotgani, hinduiylar bizni kamsitishi haqida qichqirib kelar edik, lekin musulmonlarning o'zlari boshqalarni, jumladan musulmonlarni ham o'ldirayotgani haqida churq etmasdik. Bular muhim emas edi. Birov bizga zulm qilayotganigina muhim edi. Faqat shu haqida qayg'urar edik.

Mendan Muhammad payg'ambar hayoti haqida so'rashdi. Mukammal inson deb o'ylab yurganim unchalik mukammal emasdek ko'rindi. Yoshi 53 bo'la turib, 9 yoshlik Oyshaga uylanishi (u paytda urf bo'lgani muhim emas, axir Muhammad barcha davrlar uchun komil bo'lishi kerak edi), Banu Quraysh qabilasi qatliomi, ko'p xotinlari va cho'rilari, ularga qanday "ega" bo'lgani. Uning buyrug'i bilan qilingan qaroqchilik, zo'rlash va qotilliklar meni jirkantirdi. Shu odamga ergashganimdan uyaldim, lekin buni tan olishdan qo'rqdim. Shuning uchun bu ishlarni o'zimcha oqlashga harakat qildim, ammo qancha harakat qilsam ham uddalay olmadim.

Yana bir bora Quronni o'qishga, lekin bu gal fikrlashimni o'chirmaslikka ahd qildim. Qaytadan o'qib chiqqanimda butun din men uchun parcha-parcha bo'lganidek tuyuldi. Baqara surasidagi sigir hikoyasini bema'ni, Sulaymon va uning chumolilar bilan gaplashgani hikoyasini tentakona, Fil surasidagi fillar hikoyasini absurd, deb topdim. Bularning birontasi ishonarli emas edi. Tan olishdan qo'rqqan bo'lsam ham, shubhalar kuchaya bordi. Shuning uchun Allohga yordam so'rab iltijo qildim. U meni sinayapti, deb o'ylab yordam so'radim. Biroq yordam kelmadi. Asta-sekin Qurondagi yozuvlar, Allohning qonunlari va payg'ambar ishlariga rozi emasligimni tan ola boshladim. Quronga tanqidiy nazar bilan qaray boshladim, hatto grammatik xatolarini ham topdim; Alloh olmosh ishlatishda chalkashlik qilar ekan.

Islomning asosini so'roqlashni boshladim: masalan, Allohning do'zaxi adolat emas, balki chekli va qisqa umrda qilingan "jinoyatlar" uchun beriladigan cheksiz, abadiy, vahshiy jazo bo'lib ko'rindi. Shu "jinoyatlardan" Alloh ko'z o'ngida eng yomoni iymonsizlik ekan. Qatliom, go'dak zo'rlash kabi yovuzliklar emas, balki ishonmaslik yoki shirk - shu Alloh uchun eng muhimi ekan.

Allohning o'zi yaratgani ayollarni yoqtirmasligi, hatto nafratlanishi, ularni kamsitishi meni bezovta qilgan yana bir narsa bo'ldi. Uning o'z mavjudligiga tayinli dalil bermay, unga ishonmaganlarga qarshi nuqul urush ochishi… va hokazo, va hokazo.

Islomning kelib chiqishini o'rgana boshladim va u menga ochiq-oydin odam tomonidan o'ylab topilgan, aniqrog'i arablarni boshqarish va surnayiga o'ynatish uchun Muhammad tomonidan yaratilgani ayon bo'ldi.

Islomning ikir-chikirlargacha nazorat qilishga berilishi, namoz qilganda oyoqni qanday tutish, hojatdan keyin qanday artish, qanday soqol o'stirish, qanday yotib uxlash, hatto qanday yel chiqarish - bularning barchasi bu dinni butun olamni yaratgan xudo emas, balki mayda-chuydaga berilgan, mukkasidan ketgan odam yaratganiga ishora qilar edi. Shunday katta koinot yaratuvchisining bir galaktika chekkasidagi mayda sayyoraga shunchalik berilishi, yana bu sayyoraning geografik cheklangan Yaqin Sharq sahrosiga "buyruq" yuborishi bo'lmagan gap, deb o'yladim. Naqadar kuchsiz xudo, chunki u nafaqat oldin yuborgan kitoblarini himoyalay olmadi, balki "oxirgi" kitobini ham qo'riqlamadi. Quron o'zgarmagan, degan iddao haqiqat emas, buni ozgina tadqiqot bilan bilib olish mumkin, lekin musulmonlar buni bilmay, ularning kitobi naqadar "o'zgarmas" va "mukammal" deb gapiraverishadi. Xuddi bundan biror naf bordek.

Islom ilohiy emas, Alloh xudo emas, Muhammad haqiqatgo'y emas, buni tushunishga ancha vaqtim ketdi, biroq oqibatda tushunib yetdim. Bu qiyin fizika emas, shunchaki ratsional fikrlash va vijdon kerak, esingni taniganingdan beri haqiqat deb yurganing narsadan voz kechish qiyin, biroq yolg'onga ishonish yaxshi emas; eski primitiv sahroi ishonchlardan xalos bo'lish esa juda yoqimli hisdir."

Bu yerdan tarjima qilindi.

Category: Islom | Views: 1007 | Added by: ateizm | Rating: 3.0/2 |
Total comments: 0
Calendar
«  October 2013  »
SuMoTuWeThFrSa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Login form
Qidiruv
Do`stlarimiz
Statistika